» » 28-may kuni Toshkentda O‘zbekiston milliy terma jamoasi Kamerun bilan o‘ynaydi

28-may kuni Toshkentda O‘zbekiston milliy terma jamoasi Kamerun bilan o‘ynaydi


Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi joriy yilning 28-may sanasida Toshkentda Kamerun bilan o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazadi. Bu haqda Journal du Cameroun nashri xabar berdi.

Qayd etilishicha, kamerunliklar 25-may kuni Parijda Burkina-Faso bilan, uch kun o‘tgach esa Toshkentda O‘zbekiston terma jamoasi bilan bahs olib boradi.

Ma’lumot uchun Kamerun terma jamoasi O‘zbekiston kabi Rossiyada bo‘lib o‘tadigan Jahon Chempionatida ishtirok etmaydi va bu o‘rtoqlik bahslari orqali Afrika millatlari kubogi-2019 musobaqasining sentabr oyida boshlanadigan saralash bosqichiga tayyorgarlik ko‘rishni maqsad qilgan.

Ayni damda Afrika qit’asi jamoasi xuddi O‘zbekiston kabi o‘z bosh murabbiyga ega emas va jamoani Aleksandre Belinga vaqtinchalik boshqarmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-05-2018, 08:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 95) ( 0) ( 93) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют