» » Osiyo Kubogi—2019. Qirg‘iziston bugun Xitoy bilan jang qiladi, Eron esa Yamanni imtihondan o‘tkazadi

Osiyo Kubogi—2019. Qirg‘iziston bugun Xitoy bilan jang qiladi, Eron esa Yamanni imtihondan o‘tkazadi


7-yanvar, dushanba kuni futbol bo‘yicha Osiyo Kubogi musobaqasining 1-turi doirasida uchta bellashuv bo‘lib o‘tadi.

Jumladan, “C” guruhining ilk o‘yinida Xitoy terma jamoasi Qirg‘iziston termasi bilan kurashga kirishadi. Mazkur bahs 16:00 da boshlanadi. Qayd etish, joiz qo‘shni Qirg‘iziston terma jamoasi Osiyo Kubogidagi debyut o‘yini o‘tkazadi.

Guruhning ikkinchi o‘yinida yana bir debyutant Filippin terma jamoasi musobaqa favoritlaridan biri Janubiy Koreya termasiga qarshi maydonga tushadi. O‘yin 18:30 da boshlanishi belgilangan.

“D” guruhida ham 1-tur doirasida bitta bellashuv bo‘lib o‘tadi. Musobaqaning yana bir favoritlaridan biri Eron terma jamoasi Osiyo Kubogida debyut qiladigan Yaman bilan bahs olib boradi. Uchrashuv 21:00 da boshlanadi.

Osiyo Kubogi—2019

“C” guruhi, 1-tur

7-yanvar, dushanba

“D” guruhi, 1-tur

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-01-2019, 12:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 105) ( 0) ( 104) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют