» » Osiyo Kubogi—2019. Ravshan Ermatov boshqargan o‘yinda hisob ochilmadi, Hindiston esa yirik g‘alabaga erishdi

Osiyo Kubogi—2019. Ravshan Ermatov boshqargan o‘yinda hisob ochilmadi, Hindiston esa yirik g‘alabaga erishdi


6-yanvar, yakshanba kuni futbol bo‘yicha Osiyo Kubogi musobaqasining 1-turi doirasida bo‘lib o‘tish belgilangan uchta uchrashuvning yana ikkitasi yakunlandi.

Jumladan, “A” guruhining ikkinchi o‘yinida Hindiston terma jamoasi Tailandni 4:1 hisobida mag‘lub etdi. Hind termasi safida Sunil Chetri dublga erishdi, yana ikkita golga esa Anriudh Tapa va Jeje Lalpekhlua mualliflik qildi. Tailandliklarning yagona javob goli esa Terasil Dangda hisobiga yozildi.

Mazkur g‘alabadan so‘ng Hindiston terma jamaosi “A” guruhida peshqadam bo‘lib oldi. BAA va Bahrayn esa 1 ochkodan jamg‘arib, ikkinchi va uchinchi o‘rinlarni bo‘lishib turgan bo‘lsa, so‘nggi o‘ringa Tailand joylashdi.

Ravshan Ermatov hakamlik qilgan “B” guruhining ikkinchi o‘yinida Suriya terma jamoasi Falastin bilan 0:0 hisobida durang o‘ynadi. Guruhning birinchi o‘yinida Avstraliyani mag‘lub etgan Iordaniya terma jamoasi 1-turdan so‘ng peshqadamga aylangan bo‘lsa, Suriya va Falastin 1 ochko bilan ikkinchi va uchinchi o‘ringa joylashdi. Amaldagi chempion Avstraliya esa mag‘lubiyat sabab hozircha so‘nggi pog‘onadan o‘rin oldi.

Osiyo Kubogi—2019

“A” guruhi, 1-tur

6 yanvar, yakshanba

Gollar: 0:1 — 27 Sunil Chetri, 1:1 — 33 Terasil Dangda, 1:2 — 46 Sunil Chetri, 1:3 — 68 Anirudh Tapa, 1:4 — 80 Jeje Lalpekhlua.

“B” guruhi, 1-tur

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-01-2019, 23:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 97) ( 0) ( 95) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют