» » Android-smartfon batareyasi umrini uzaytiramiz

Android-smartfon batareyasi umrini uzaytiramiz


Agar siz Android operatsion tizimida ishlaydigan telefon sohibi bo‘lsangiz, unda ushbu maslahatlar siz uchun!

Google Play’da smartfon sozlamalarida siz uchun “qora ish”ni bajaradigan ko‘plab dasturlar bor. Bunday dasturlar Wi-Fi modulini siz undan foydalanmayotgan vaqtda o‘chirib qo‘yadi, telefon nofaol vaqtda dasturlarning yangilanishini taqiqlaydi, hatto markaziy protsessor chastotasini pasaytiradi.

Ha, eng oddiy smartfon g‘ilofi ba’zan uning avtonom ishlash vaqtini sezilarli tarzda uzaytirishi mumkin. Gap shundaki, telefon klavishlar bosilgan vaqtda yonadi va qanchadir vaqt davomida ekran bekorga batareyani sarflaydi. Telefonni g‘ilof ichiga solish orqali, siz devaysning o‘z-o‘zidan yonib qolish ehtimolini kamaytirasiz.

Keng tarqalgan fikrga qaramasdan, 3G (WCDMA) rejimidan 2G (GSM) rejimiga o‘tish doim ham kamroq energiya sarfiga olib kelmaydi. Smartfon asosan suhbatlar uchun ishlatilgandagina bu o‘rinli bo‘lishi mumkin. Ma’lumotlar uzatish bilan ishlashda esa tezkorroq 3G tejamkorroq hamdir.

Wi-Fi, GPS hamda ma’lumotlar uzatish va sinxronizatsiya o‘chiq turishi batareyani ancha tejash imkonini beradi. Agar bu modellar o‘chirib qo‘yilmasa, smartfon o‘z quvvatining chorak qismini “yeb qo‘yishi” mumkin.

Ekran ko‘pincha smartfon energiyasining eng katta qismini sarf qiladi, ayniqsa, yorqinlik darajasi 75—100 foiz bo‘lgan hollarda energiya sarfi avjiga chiqadi. Shuning uchun, yorqinlikni masalan, 65 foizgacha kamaytirish orqali, avtonom ishlash vaqtini ahamiyatli ravishda uzaytirish mumkin.

Manba: “Migom.by”

Опубликовано: admin (12-04-2017, 19:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 92) ( 0) ( 91) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют