» » Keniyada brakonyerlar ikkita kamyob oq jirafani otib o‘ldirdi

Keniyada brakonyerlar ikkita kamyob oq jirafani otib o‘ldirdi


Keniyadagi qo‘riqxonada brakonyerlar ikkita kamyob jonivorlar oq tusdagi ona jirafa va uning bolasini otib o‘ldirgani aniqlandi. Qo‘riqxona ishchilari jirafalarning suyaklarini topgan. Jonivorlar to‘rt hafta oldin otib o‘ldirilgan, deb yozmoqda CNN.

Ushbu voqeadan keyin butun dunyoda kamyob oq rangli jirafalarning yagona vakili qoldi, ushbu hayvon Keniyaning Ishakbini Xirola qo‘riqxonasi hududida yashaydi.

Ilk bora oq rangdagi urg‘ochi jirafa haqida 2017-yilda ma’lumotlar paydo bo‘lgan va uning Keniya hududida yurgani aks etgan fotosuratlar dunyo OAVda keng yoritilgandi.

Olimlarning fikricha, jirafa albinos hisoblanmaydi. Uning o‘ziga xos mutatsiyasi leykizmi mavjud va ushbu jarayon oqibatida hayvon organizmida pigmentatsiya yo‘qolib oq dog‘lar paydo bo‘ladi. Leykizm jirafa bolasi homila sifatida rivojlanayotgan davrda ham boshlanishi mumkin.

Ikki yil avval urg‘ochi jirafa ikkita bola tug‘gan va ularning rangi ham oppoq edi. Olimlar jirafalarning yangi turi paydo bo‘lishi mumkinligini ta’kidlagan. Ammo, brakonyerlar urg‘ochi jirafa va uning bolalaridan birini otib o‘ldirishi rejalarni barbod qildi. Mamlakat hukumati sodir bo‘lgan jinoyat yuzasidan surishtiruv ishlarini boshlagan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-03-2020, 10:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 81) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют