» » Video: Timsohlar changalidan qutulib qolgan jirafa sherlarga yem bo‘ldi

Video: Timsohlar changalidan qutulib qolgan jirafa sherlarga yem bo‘ldi


Turistik guruhlarga yo‘lboshchilik qiluvchi Mario Pol Janubiy Afrika Respublikasi milliy bog‘ida timsohlar changalidan qutulib qolgan, biroq sherlarga yem bo‘lgan jirafani videoga olishga muvaffaq bo‘ldi. Bu haqda, Daily Mail nashriga tayanib, “Korrespondent.net” xabar berdi.

Polning ta’kidlashicha, u boshchilik qilgan guruh mazkur voqeani kuzatgan va jirafaning taqdiriga qayg‘urgan. Ayrim odamlar hatto uning ahvoliga yig‘lagan.

“Biz u yerda umid bilan salkam yarim soat o‘tirib, jirafa yirik timsoh changalidan qutula olarmikan deb kuzatdik”, — deydi gid.

Biroq timsoh jag‘laridan chiqishga muvaffaq bo‘lgan jirafa singan oyog‘i sabab sherlar to‘dasidan qochib keta olmadi va ularga yem bo‘ldi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-02-2018, 23:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 76) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют