Putin: Suriyadagi jangarilarning deyarli yarmi MDH mamlakatlaridan
Rossiya prezidenti Vladimir Putin Suriyada kurashayotgan salkam 10 ming nafar jangari MDH mamlakatlaridan ekanini ma’lum qildi, deb xabar beradi “Kommersant”.
Rossiya prezidentining qayd etishicha, turli hisob-kitoblar bo‘yicha Suriyadagi janglarda qariyb 20 ming xorijiy fuqaro qatnashmoqda, ularning taxminan 9000 nafari MDH mamlakatlaridan.
Ularning qariyb yarmini esa rossiyaliklar tashkil etadi. Taxminan 5000 nafari Markaziy Osiyodan. Aytgancha, ularning asosiy qismi Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkiloti (ODKB) mamlakatlari fuqarolaridir. Shu bois xavf juda katta. Biz buni bilamiz, ushbu tahdidning qamrovini tushunib turibmiz. Uni kamaytirish uchun qo‘ldan kelgan barcha narsani qilishimiz kerak. Bu borada ishlayapmiz.
Vladimir Putin, Rossiya prezidenti
Putin IShID ustidan g‘alaba qozonish uchun “nafaqat ODKB doirasida, balki yanada kengroq xalqaro ittifoq doirasida kuchlarni birlashtirish” kerakligini aytdi.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Добавить комментарий!






- отсутствуют

- отсутствуют
