» » “Hokimlar qarg‘aga o‘xshab qoldik, kim ko‘rsa haydayapti”. G‘uzor hokimi sudya bilan muloqotini izohladi

“Hokimlar qarg‘aga o‘xshab qoldik, kim ko‘rsa haydayapti”. G‘uzor hokimi sudya bilan muloqotini izohladi


G‘uzor tumani hokimi Sa’dulla Boboqulov telefonda sudya bilan bo‘lgan muloqotini izohlar ekan, hokimlarni qarg‘aga o‘xshatdi. Hokimiyat hamda tumandagi tashkilotlar o‘rtasida hamkorlik to‘xtab qolganini ta’kidladi.

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan audioyozuv o‘zini G‘uzor tumani hokimi yordamchisi Hasan deya tanishtirgan shaxsning Fuqarolik ishlari bo‘yicha G‘uzor tumanlararo sudining raisi Sattor Aqanovga qo‘ng‘iroq qilib, hokim so‘rayotganini aytishi bilan boshlanadi. Telefon go‘shagini olgan hokim sud raisining salom bermaganiga e’tibor qaratib, “Yoshingiz kichik, salom bersangiz bo‘ladi-ku?!” deydi. Sud raisi esa “protsessda ekanini” aytar ekan, nima uchun qo‘ng‘iroq qilayotganini so‘raydi.

Shunda hokim Boboqulov “Hozir gaplashishga vaqtingiz yo‘qmi, qachon vaqtingiz bo‘ladi”, deydi. Sudya hokimga qabuliga kelishi mumkinligini bildiradi. Hokim, aksincha, sudya uning qabuliga kelishi lozimligini talab qiladi. Bunga javoban sud raisi “Sizning qabulingizga bormayman, kechirib qo‘yasiz”, deydi.

Mazkur voqea xususida “Daryo” muxbiri bilan suhbatlashgan G‘uzor tumani hokimi Sa’dulla Boboqulov sud raisini xalq deputatlari tuman kengashi sessiyasiga chaqirmoqchi bo‘lib qo‘ng‘iroq qilganini, suhbat avvalida o‘zini tuman kengashi raisi sifatida tanishtirganini aytmoqda.

“Sud raisi xalq deputatlarining tuman kengashi sessiyasida ishtirok etib, deputatlarga hisobot berishi lozim edi, shu sababdan ham sudyaga qo‘ng‘iroq qilib, bu haqda bildirmoqchi bo‘ldik. Ammo eshitganingizdek, sudya hurmatsizlik qildi”, — deydi G‘uzor hokimi.

Mavzuga doir: G‘uzor tumani hokimi saylovga tayyorgarlikda ko‘zbo‘yamachilikka yo‘l qo‘ygani bois hayfsan oldi

Hokimning ta’kidlashicha, mazkur voqeaga 10-15 kun bo‘lgan. Sudyaning ovozi hokim yordamchisining telefoniga yozib olingan.

“Sudyalar oliy kengashiga xat bilan chiqib, mazkur holat haqida bildirdik, ammo 10-12 kun o‘tyaptiki, javob yo‘q”, — deydi Sa’dulla Boboqulov.

Mavzuga doir: Zoir Mirzayev Yakkabog‘ va G‘uzor hokimlarini odamlar bilan muloqot qilolmaslikda aybladi

G‘uzor tumani hokimining ma’lumot berishicha, xalq deputatlari tuman kengashi sudyaga hisobot berishi lozimligi xususida yozma murojaat ham qilgan.

“Hokimlarning obro‘si tushib ketyapti, aytganingni qilishmayapti, tumanni boshqarishga qiynalyapmiz. Xalq ta’limi, maktabgacha ta’lim, tibbiyot va mana endi mahallalar ham boshqarmasi, vazirligi bilan gaplashyapti. Hokimiyat ularning oldiga borsa, ‘mazangni qochiraman’ deyapti. Shu sababdan ham hokimiyat va tashkilotlar o‘rtasidagi aloqa uzilib qoldi. Hamkorlikda ishlash kerak-ku”, — deydi Sa’dulla Boboqulov.

G‘uzor tumanlararo sudi raisi Sattor Aqanov bilan bog‘lanishga harakat qildik. Ammo sudya bilan muloqot qilish imkoni bo‘lmadi.

Ta’kidlash lozim, Konstitutsiyaning 106-moddasida sud hokimiyati qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyatlardan, siyosiy partiyalardan, boshqa jamoat birlashmalaridan mustaqil holda ish yuritishi belgilangan. Shuningdek, 112-moddada sudyalar mustaqil ekanligi, faqat qonunga bo‘ysunishi ta’kidlangan.

Konstitutsiyaning 99-moddasi hokimlar to‘g‘ridan to‘g‘ri tuman kengashi raisi ekanligini tasdiqlab qo‘yadi. Unda “viloyatlar, tumanlar va shaharlarda (tumanga bo‘ysunadigan shaharlardan tashqari) hokimlar boshchilik qiladigan xalq deputatlari kengashlari hokimiyatning vakillik organlari bo‘lib, ular davlat va fuqarolarning manfaatlarini ko‘zlab o‘z vakolatlariga taalluqli masalalarni hal etadilar”, deyiladi. Shu sabab ham G‘uzor hokimi suhbat avvalida tuman kengashi raisi ekanligiga alohida to‘xtalyapti.

Prezident Shavkat Mirziyoyev 2018-yilning dekabr oyida Qashqadaryo viloyati faollari bilan bo‘lgan uchrashuvda hokimlarning kengash raisi bo‘lishiga to‘xtalib, “Bir rahbar odam ham hokim, ham kengash raisi bo‘lolmaydi. Kerak bo‘lsa, hokim kengashga hisobot beradi”, degan edi. Shuningdek, davlat rahbari 2018-yilning 28-dekabr kuni parlamentga qilgan Murojaatnomasida ham hokimning mahalliy kengashlarga raislik qilish amaliyotiga to‘xtalib, “Hokim hokimligini qilsin, lekin kengash oldida hisobot bersin”, deb ta’kidlagan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-03-2020, 20:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 79) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют