» » O‘zbekistonda koronavirus aniqlangan ilk bemorni olib kelgan reysning barcha yo‘lovchilari izolyatsiya qilinadi

O‘zbekistonda koronavirus aniqlangan ilk bemorni olib kelgan reysning barcha yo‘lovchilari izolyatsiya qilinadi


Koronavirus aniqlangan fuqaro bilan aloqada bo‘lganlar izolyatsiyaga olinadi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi direktori Bahrom Almatov videomurojaatida e’lon qildi.

Bahrom Almatov koronavirus aniqlangan fuqaro bilan kontaktda bo‘lganlar izolyatsiyaga olinishini ma’lum qilgan. Shuningdek, agentlik direktori bergan ma’lumotga ko‘ra, 15-mart, yakshanba kuni, soat 06:00 da Virusologiya instituti laboratoriyasida Fransiyada bo‘lib qaytgan o‘zbekistonlikda COVID-19 koronavirus infeksiyasi aniqlangan.

Shuningdek, Bahrom Almatov ayni damda ushbu holat bo‘yicha epidemiologik tekshirish ishlari o‘tkazilayotgani, kasallik aholi orasida tarqalib ketishining oldini olish bo‘yicha tadbirlar keng ko‘lamda olib borilayotgani haqida ma’lumot bergan.

Mavjud vaziyat bo‘yicha xavotirga o‘rin yo‘q. Ushbu bemor bilan muloqotda bo‘lgan shaxslar, u bilan birga Fransiyadan uchib kelgan yo‘lovchilarning to‘liq ro‘yxati tuzilgan, ularning yashash joylarini aniqlash va ular ustidan tibbiy kuzatuv o‘rnatish ishlari olib borilmoqda, epidemiyaga qarshi barcha tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Bu xabardan keyin aholi o‘rtasida vahima uyg‘onishi kerak emas. 80 foiz holatlarda kasallik yengil o‘tmoqda, 15 foiz holatlarda o‘rta darajada, faqat 5 foiz holatlarda og‘ir holat. Kasallik og‘ir o‘tishi holatlari surunkali kasalligi bor yoshi katta odamlarda kuzatilmoqda.

Ko‘ryapmizki, kasallanganlarning 50 foizdan ortig‘i butunlay sog‘ayib, normal holatga qaytgan. Shuning uchun, xalqimizdan so‘rardikki, vahimaga tushmasdan, shaxsiy gigiyena qoidalariga jiddiy rioya etishlarini, xonadonlarini ozoda saqlash, jamoat transportidan foydalangandan keyin doim qo‘llarni sovunlab yurish, zararsizlantiruvchi vositalarni qo‘llash tavsiya etiladi.

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi direktori Bahrom Almatov



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-03-2020, 11:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 99) ( 0) ( 97) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют