» » Koronavirus profilaktikasi doirasida Toshkent shahridagi bozorlar yopilmaydi

Koronavirus profilaktikasi doirasida Toshkent shahridagi bozorlar yopilmaydi


Toshkent shahar hokimligi koronavirus tufayli poytaxtdagi bozorlarning yopilish yoki yopilmasligi borasidagi gap-so‘zlarga oydinlik kiritdi.

“Koronavirus profilaktikasi chora-tadbirlari doirasida shahar bozorlari yopilmaydi. Ularning ish tartibi o‘zgarishsiz qoldiriladi”, – deyiladi Toshkent shahar hokimligi xabarida.

Mavzuga doir: 

Avval O‘zbekistonda koronavirusga chalinish bilan bog‘liq birinchi holat qayd etilgani, 1-mart, chorshanba kuni, Uzbekistan Airways’ning Parij—Toshkent reysi bilan uchib kelgan ayol 15-martga o‘tar kechasi Respublika Virusologiya institutiga murojaat qilgani va tahlil natijalari uning koronavirusga chalingani ma’lum bo‘lgan.

Bosh vazir Abdulla Aripov ishtirokidagi matbuot anjumanida ayolda koronavirus aniqlangach, uning 9 nafar oila a’zosi, shuningdek, reysning O‘zbekistonda qolgan yo‘lovchilari va ular bilan muloqotda bo‘lgan odamlar — jami 150 kishi izolyatsiyaga olingani aytilgan. 16-martdan boshlab xorijiy davlatlar bilan barcha aviareyslar bekor qilinib, avtotransport vositasida O‘zbekistonga kirish-chiqish to‘xtatiladi.

Koronavirusning O‘zbekistondagi mart oyida bo‘ladigan to‘ylarga ta’sir ko‘rsatmasligi, hukumat O‘zbekistondagi diniy idoralarga diniy marosimlar o‘tkazishni vaqtincha cheklash bo‘yicha iltimos bilan murojaat qilgani, shuningdek, barcha sport (masalan, Superliga), madaniy (jumladan, konsert) va boshqa tadbirlar, shuningdek, Navro‘z tantanalari va u bilan bog‘liq boshqa ommaviy marosimlar ham bekor qilingani haqida xabarlar berilgan. Bosh vazir ishtirokidagi matbuot anjumanida bolalar bog‘chalari, o‘rta maktablar va oliy ta’lim muassasalari (davlatnikimi, xususiymi, farqi yo‘q) karantinga yopilishi ham aytilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-03-2020, 21:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 88) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют