» » TIV Qirg‘izistonda vatanga qaytish uchun navbatda turgan o‘zbekistonlik talabalar haqidagi xabarni tasdiqladi

TIV Qirg‘izistonda vatanga qaytish uchun navbatda turgan o‘zbekistonlik talabalar haqidagi xabarni tasdiqladi


2020-yilning 14-mart kuni O‘zbekistonning Bishkek shahridagi elchixonasi Qirg‘izistonning qator universitetlarida o‘qishini ko‘chirish va vatanda ta’lim olish uchun hujjatlarini olmoqchi bo‘lgan o‘zbekistonlik talabalarning turnaqator navbatlarda turib qolayotgani haqidagi xabarni tasdiqladi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi xabar qilgan.

Vaziyat elchixona nazorati ostida. Muammoni belgilangan tartibda hal qilish uchun Qirg‘iziston rasmiylari bilan muzokaralar o‘tkazilgan.

Shuningdek, O‘zbekistonning ta’lim muassasalari vakillari tegishli hujjatlarni markazlashtirilgan tartibda olish uchun Qirg‘iziston universitetlariga yuborildi, deyiladi xabarda.

Tashqi ishlar vazirligi vatandoshlarga zarur holatlarda O‘zbekistonning Bishkekdagi elchixonasiga +996-312-986-296 telefon raqami orqali murojaat qilishlari mumkinligini ham eslatgan.

Mavzuga doir: 

7-mart kuni Qirg‘izistonda koronavirus sabab barcha sport musobaqalari bekor qilingan, 12-mart kuni savdo, xizmat ko‘rsatish va umumiy ovqatlanish sohasida faoliyat yurituvchi jismoniy va yuridik shaxslarga ham ommaviy tadbirlarni o‘tkazmaslik tavsiya etilgan. Qirg‘iziston hukumati koronavirus qayd etilgan davlatlarga borgan xorijliklarning mamlakatga kirishini taqiqlangan, 16-martdan boshlab barcha maktablar va oliy ta’lim muassasalari karantinga yopiladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-03-2020, 21:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 88) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют