» » Qirg‘iziston chegaradagi hodisa yuzasidan O‘zbekistonga nota yo‘lladi

Qirg‘iziston chegaradagi hodisa yuzasidan O‘zbekistonga nota yo‘lladi


Qirg‘iziston Tashqi ishlar vazirligi 7-aprel kuni o‘zbek-qirg‘iz chegarasida yuz bergan hodisa munosabati bilan O‘zbekistonga nota yo‘lladi. Bu haqda, Qirg‘iziston Tashqi ishlar vazirligiga asoslanib, “TASS” xabar bermoqda.

“O‘zbekistonning Qirg‘izistondagi elchisi Qirg‘iziston TIVga chaqirildi, hodisa haqida xabardor qilindi va unga hodisa tafsilotlari haqida axborot berish iltimosi bitilgan nota topshirildi”, — deyiladi vazirlik axborotida.

Qirg‘iziston TIVning qayd etishicha, rasmiy Bishkek “ushbu masalani nazorat qilib turibdi va ikki mamlakatning tegishli xizmatlari bilan doimiy muloqotda”.

Qirg‘iziston tomoni bayonotiga ko‘ra, 7-aprel kuni O‘zbekiston chegarachilari Qirg‘iziston fuqarosiga qarata o‘q uzgan; fuqaro shifoxonada vafot etgan. O‘zbekiston tomoni o‘q uzilgan vaqtda fuqaro O‘zbekiston hududida bo‘lganini ta’kidlamoqda.

Mavzuga doir: O‘zbek-qirg‘iz chegarasida mojaro: O‘zbekiston chegarachilari o‘q uzdi va Qirg‘iziston fuqarosi halok bo‘ldi

Qirg‘iziston bosh vaziri Sapar Isoqov respublikaning tegishli tuzilmalariga ushbu hodisani O‘zbekiston huquqni muhofaza qilish organlari bilan hamkorlikda izchil taftish qilish bo‘yicha topshiriq bergan. Uning ko‘rsatmasiga asosan halok bo‘lgan fuqaroning oilasiga 100 ming qirg‘iz so‘mi (1,5 ming dollar) miqdorida moddiy yordam ajratilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-04-2018, 18:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 69) ( 0) ( 68) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют