» » OAV: O‘zbekiston pansionatlar masalasida Qirg‘izistonni xalqaro arbitrajga berdi

OAV: O‘zbekiston pansionatlar masalasida Qirg‘izistonni xalqaro arbitrajga berdi


O‘zbekiston unga tegishli pansionatlarni olib qo‘yishga qaror qilgan Qirg‘iziston ustidan AQShda xalqaro arbitrajga shikoyat qildi. Bu haqda 12-dekabr kuni Qirg‘iziston parlamentining iqtisodiy va fiskal siyosat qo‘mitasi yig‘ilishida ma’lum qilindi, deb xabar beradi 1News.

Oldinroq Qirg‘iziston bosh vaziri Temir Sariyevning qarori bilan 2016-yil aprelida Qirg‘iziston hududida joylashgan, O‘zbekistonga qarashli bo‘lgan to‘rt pansionat — “Zolotiye peski”, “Roxat NBU”, “Dilorom” va “Boston” Qirg‘iziston yurisdiksiyasiga o‘tkazilgan edi. O‘zbekistonning bu boradagi shikoyati hozir AQShda ko‘rib chiqilmoqda.

Qirg‘izistonning sobiq prezidenti Almazbek Atambayev O‘zbekistonga amalga oshirgan tashrif doirasida bu pansionatlar bo‘yicha kelishuvga erishilgan edi. Masalani yarashuv bilan hal etish uchun Qirg‘iziston hukumati o‘zbekistonlik hamkasblari bilan kelishuv imzolamoqchi. Ushbu hujjatga ko‘ra, pansionat yerlari Qirg‘iziston mulki bo‘lib qoladi, hududdagi mol-mulk esa O‘zbekistonga o‘tkazib beriladi. O‘zbekiston tomoni, o‘z navbatida, pansionatlarni 3–4 yulduzli darajaga olib chiqish majburiyatini zimmasiga oladi.

Ushbu kelishuvdan so‘ng tomonlar yarashuv bitimini imzolaydi, shundan so‘ng xalqaro arbitrajdagi bahs yopiladi.

Опубликовано: admin (12-12-2017, 21:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 105) ( 0) ( 104) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют