» » Qirg‘iziston Qozog‘iston bilan Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi doirasidagi hamkorlikni to‘xtatdi

Qirg‘iziston Qozog‘iston bilan Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi doirasidagi hamkorlikni to‘xtatdi


Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atambayev Qozog‘iston hukumati bilan kelishuvni denonsatsiya qilish to‘g‘risidagi qonunni imzoladi. Kelishuvga binoan, Qirg‘iziston Qozog‘istondan Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqiga qo‘shilish doirasida 100 million dollar texnik yordam olishi kerak edi, deb xabar beradi Uz24.

Prezident imzolagan hujjatga binoan ikki mamlakat hukumatlari o‘rtasida imzolangan qator bayonnomalar amaldan chiqarildi. Qonun Jo‘qorg‘u Kenesh tomonidan 9-noyabr kuni qabul qilingan bo‘lib, rasman chop etilgan kunidan e’tiboran kuchga kiradi.

Qirg‘iziston tashqi ishlar vazirligiga belgilangan tartibda Qozog‘iston hukumatini kelishuv va bayonnomalar denonsatsiyasidan boxabar etish topshirildi.

Qirg‘iziston tomonining aytishicha, Qozog‘iston hukumati bu pullarni mamlakatga ajratmagan, shu bois kelishuvni bekor qilish qaroriga kelingan.

Опубликовано: admin (17-11-2017, 22:02)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 77) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют