» » Lavozimdan ketishiga bir hafta qolgan Atambayev Qozog‘iston bilan 6 ta kelishuvni bekor qildi

Lavozimdan ketishiga bir hafta qolgan Atambayev Qozog‘iston bilan 6 ta kelishuvni bekor qildi


Almazbek Atambayev Qozog‘iston bilan bir necha shartnomani bekor qilish haqidagi qonunni imzoladi. Bu haqda Qirg‘iziston prezidentining matbuot xizmati ma’lum qildi, deya xabar beradi “RBK”.

Jumladan, Yevrosiyo iqtisodiy integratsiyasi doirasida ikki davlat o‘rtasida hamkorlikni rivojlantirish haqidagi kelishuv, ikki davlat rahbari o‘tgan yili Sankt-Peterburgda imzolagan texnik ko‘mak haqidagi bayonnoma bekor qilindi.

Shuningdek, Qirg‘izistonga yordam taqdim etish tartibi va undan foydalanishni nazorat qilish haqidagi bayonnoma ham harakatdan to‘xtatildi. Gap Bishkekka 100 million dollar ajratilishi haqida ketmoqda.

Qirg‘iziston parlamenti 9-noyabrda ovoz bergan qonun umumiy hisobda Qozog‘iston bilan 6 kelishuv va bayonnomani bekor qiladi.

Almazbek Atambayev Qirg‘iziston TIVga qarori haqida Qozog‘iston rasmiylarini ogohlantirishni topshirdi.

Atambayev mazkur qonunni mamlakatning yangi prezidenti Sooronbay Jeenbekov inauguratsiyasiga bir hafta qolganda imzoladi.

Опубликовано: admin (16-11-2017, 18:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 72) ( 0) ( 70) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют