» » Qirg‘iziston erkin savdo hududi to‘g‘risidagi shartnomani O‘zbekistonga qo‘llash haqidagi protokolni ratifikatsiya qildi

Qirg‘iziston erkin savdo hududi to‘g‘risidagi shartnomani O‘zbekistonga qo‘llash haqidagi protokolni ratifikatsiya qildi


Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atambayev erkin savdo hududi to‘g‘risidagi shartnomani uning tomonlari va O‘zbekiston o‘rtasida qo‘llash bo‘yicha Protokolni ratifikatsiya qilish haqidagi qonunni imzoladi. Qonun Qirg‘iziston Jokorgu Keneshi tomonidan 25-yanvarda qabul qilingandi, deya xabar beradi “Gazeta.uz”.

Erkin savdo hududi to‘g‘risidagi shartnoma 2011-yil 18-oktabrda Sankt-Peterburgda MDH hukumatlari rahbarlari kengashi yig‘ilishida tuzilmaga a’zo 8 davlat (Armaniston, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Moldova, Rossiya, Tojikiston va Ukraina) tomonidan imzolangan. Tojikistondan tashqari barcha davlatlar tomonidan shartnoma ratifikatsiya qilingan.

Shartnomani uning tomonlari va O‘zbekiston o‘rtasida qo‘llash haqidagi protokol 2013-yil, 31-mayda Minskda imzolandi. Hujjat eksport va import bojxona bojlari, shuningdek, taqiq va cheklovlarni qo‘llashga oid ilovani o‘z ichiga oladi.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston mazkur protokolni 2013-yil dekabrida ratifikatsiya qilgandi. “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (6-03-2017, 18:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 57) ( 0) ( 55) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют