» » O‘zbekiston va Qirg‘iziston chegara yaqinidagi hamkorlikni muhokama qildi

O‘zbekiston va Qirg‘iziston chegara yaqinidagi hamkorlikni muhokama qildi


O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari Adham Ikromov 15-fevral kuni Farg‘onada Qirg‘iziston bosh vaziri o‘rinbosari Jenish Razakov bilan uchrashuv o‘tkazdi, deb yozadi “Gazeta.uz” Qirg‘iziston hukumati saytiga tayanib.

Uchrashuvda chegara yaqinidagi hamkorlik, shuningdek, O‘zbekiston-Qirg‘iston davlat chegarasini delimitatsiya va demarkatsiya qilish masalalari muhokama qilindi.

Davlat chegarasining belgilanmagan uchastkalari bo‘yicha pozitsiyalarni muvofiqlashtirish ishlarini tezroq yakunlash zarurligi ta’kidlandi.

Bundan tashqari, ikki mamlakat hukumat delegatsiyalari a’zolari 16-fevral kuni O‘sh shahridagi Bobur nomli drama teatrida O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasida diplomatik aloqalar o‘rnatilganiga 24 yil to‘lishi munosabati bilan o‘tkazilgan tantanali tadbirda ishtirok etdi.

Опубликовано: admin (20-02-2017, 11:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 124) ( 0) ( 121) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют