» » Almazbek Atambayev Ostonani Qirg‘izistonning ichki ishlariga aralashishda aybladi (video)

Almazbek Atambayev Ostonani Qirg‘izistonning ichki ishlariga aralashishda aybladi (video)


Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atambayev qo‘shni Qozog‘iston rasmiylarini respublikaning ichki ishlari, jumladan, 15-oktabrda bo‘lib o‘tadigan prezidentlik saylovlariga aralashishda aybladi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.

Sentabr oyi oxirida Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev Qirg‘iziston prezidentligiga nomzodlardan biri, sobiq bosh vazir Omurbek Babanov bilan uchrashganidan so‘ng ikki davlat o‘rtasida diplomatik mojaro yuzaga keldi. Bishkek Ostonani “xalq tanloviga ta’sir qilish”ga urinishda aybladi.

“Baribir adolatli saylovlar o‘tkazilishini ta’minlayman. Qozoq rasmiylari nega bizga o‘z nomzodlarini tiqishtirayotganini tushunib turibman. Ular Bakiyevni (Kurmanbek Bakiyev Qirg‘izistonning sobiq prezidenti. 2005-yildan 2010-yilgacha hukumat tepasida bo‘lgan) yaxshi ko‘radi, Bakiyevlar hozirgacha Qozog‘istonda bayramlarini nishonlab keladi”, — dedi Atambayev.

U Nazarboyev Babanov bilan uchrashuvda bildirgan Qirg‘izistonga yosh prezident zarurligi haqidagi fikrlarni keltirib o‘tdi.

“Eng yoshi katta nomzod ham Nazarboyevdan 20 yosh kichik. Men —16 yosh. Navqiron prezidentga kimga kerak o‘zi: bizgami yoki Qozog‘istonga?” — taajjublandi Atambayev.

Qirg‘iziston rahbari prezidentlik muddati yakunlanishiga atigi 1,5 oy qolganini eslatdi.

“Agar qo‘shnilarimiz o‘zlariga kelib olmasalar, boshqacha gaplashamiz. Men adolatli, halol prezident sifatida namuna ko‘rsatganimdan faxrlanaman”, — ta’kidladi Qirg‘iziston prezidenti.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (8-10-2017, 17:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 101) ( 0) ( 99) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют