» » Almazbek Atambayev Qirg‘iziston bosh vaziri va hukumatining iste’fosini qabul qildi

Almazbek Atambayev Qirg‘iziston bosh vaziri va hukumatining iste’fosini qabul qildi


Almazbek Atambayev “Qirg‘iziston bosh vaziri va hukumatining iste’fosi to‘g‘risida”gi farmonni imzoladi. Bu haqda Qirg‘iziston prezidenti matbuot xizmati ma’lum qildi, deya xabar beradi K-News.

Mazkur farmon bilan bosh vazir Sooronbay Jeenbekovning iste’fosi qabul qilindi. Qirg‘iziston hukumati ham iste’foga chiqarildi.

Bosh vazir, uning o‘rinbosarlari, vazirlar, hukumat a’zolariga yangi hukumat tarkibi shakllangunga qadar vazifalarini bajarishda davom etish topshirildi.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Qirg‘iziston Markaziy saylov komissiyasi bosh vazir Sooronbay Jeenbekovni prezidentlikka nomzod sifatida ro‘yxatga olgani haqida xabar berilgandi.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (22-08-2017, 11:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 82) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют