» » Sooronbay Jeenbekov: Qirg‘iziston tashqi siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri O‘zbekiston bilan aloqalarni rivojlantirish

Sooronbay Jeenbekov: Qirg‘iziston tashqi siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri O‘zbekiston bilan aloqalarni rivojlantirish


2017-yilning 16-avgust kuni Qirg‘ziston poytaxti Bishkek shahrida O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasidagi ikki tomonlama hamkorlikning hukumatlararo komissiyasi majlisi boshlandi, deb xabar berdi UzDaily.

Uchrashuv Qirg‘iziston bosh vaziri Sooronbay Jeenbekov hamda O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov raisligi bo‘lib o‘tmoqda. Majlis boshlanishidan oldin ikki davlat rahbarlari tor doirada uchrashuv o‘tkazdi.

Siz bilan uchrashayotganimdan chin dildan xursandman. 2017-yilning 4-iyulida O‘zbekiston fuqarolarining Issiqko‘lda maroqli hordiq chiqarishiga imkon beruvchi “Toshkent — Tamchi” o‘rtasidagi to‘g‘ridan to‘g‘ri aviaparvozlar ochilganini ta’kidlab o‘tish joiz. O‘zbekiston bilan do‘stona munosabatlarni rivojlantirish Qirg‘iziston tashqi siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Qirg‘iz-o‘zbek hamkorligini mustahkamlash va rivojlantirishga qaratilgan ikki tomonlama munosabatlarni alohida qayd etish quvonarli. Ikki tomonlama hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo komissiyaning so‘nggi majlisi 2009-yilda bo‘lib o‘tgan edi. Hukumatlararo komissiya ikki tomonga ham tegishli barcha masalalarni muhokama qilish uchun yaxshi maydondir.

Sooronbay Jeenbekov, Qirg‘iziston respublikasi bosh vaziri

Mavzuga doir: Bosh vazir Abdulla Aripov Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atamboyev bilan uchrashdi

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (16-08-2017, 15:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 113) ( 0) ( 112) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют