» » O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov Qirg‘izistonga tashrif buyuradi

O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov Qirg‘izistonga tashrif buyuradi


O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov amaliy tashrif bilan Qirg‘izistonga boradi. Bu haqda Qirg‘iziston hukumati matbuot xizmatiga asoslanib, “1news.uz” xabar berdi.

Aripov 15—17-avgust kunlari Cho‘lpon-Otada bo‘lib o‘tadigan hukumatlararo komissiyaning navbatdagi majlisida ishtirok etadi.

Qirg‘iz hukumatining ta’kidlashicha, mamlakat bosh vaziri Sooronbay Jeenbekov o‘zbekistonlik hamkasbi bilan telefon orqali suhbatlashgan. Bosh vazirlar ikki tomonlama hamkorlik hamda o‘zbek-qirg‘iz davlat chegaralarining delimitatsiya va demarkatsiyasi bo‘yicha hukumatlararo komissiyaning navbatdagi yig‘ilishiga doir tayyorgaliklarni muhokama qilgan.

“Biz sizni va O‘zbekiston delegatsiyasini Qirg‘izistonda ko‘rishdan xursand bo‘lamiz”, — deya qayd etdi Jeenbekov.

Aripov joriy yilning oktabr oyida Qirg‘izistonda o‘zbek madaniyati Kunlarini o‘tkazilishiga tayyor ekanliklarini tasdiqladi. Shuningdek, Abdulla Aripov 3-avgust kuni Issiqko‘l viloyatida sodir bo‘lgan avariyada jabrlangan o‘zbeklarga o‘z vaqtida yordam ko‘rsatgani uchun minnatdorchilik bildirdi.

Sooronbay Jeenbekov ham o‘z navbatida O‘shda 630 o‘quvchiga mo‘ljallangan maktabning qurilishiga yordam bergani uchun o‘zbek hukumatiga tashakkur izhor etdi.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (8-08-2017, 12:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 110) ( 0) ( 108) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют