» » Qozog‘iston TIV Almazbek Atambayevning Euronews telekanali efiridagi bayonotiga taajjub bildirdi

Qozog‘iston TIV Almazbek Atambayevning Euronews telekanali efiridagi bayonotiga taajjub bildirdi


Qozog‘iston tashqi ishlar vazirligi Qirg‘izistonning mamlakatdagi muvaqqat vakili Kaynarbek Toktomishevga norozilik notasini topshirdi. Bu haqda K-News xabar bermoqda. 

Hujjatda Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atambayevning Euronews telekanali efirida mamlakatda 2010-yil bahorida yuz bergan voqealar (prezident Kurmanbek Bakiyevning lavozimdan chetlatilishi)
davomida Qozog‘iston tomonidan chegaralarning yopilishini eslatib o‘tishi munosabati bilan “taajjub va qo‘shilmaslik” bildirilgan. 

Qozog‘iston TIVga ko‘ra, oldinlari Qirg‘iziston rahbariyati qo‘shni davlatning mamlakatda 2010-yil bahorida yuzaga kelgan tanglikni bartaraf etishdagi o‘rnini doimo ta’kidlab kelgan, “qamal va insonlar o‘rtasidagi qurbonlar” haqida masalani ko‘tarmagan. 

O‘z navbatida, Qirg‘iziston TIV Qozog‘iston tomoniga prezident bayonoti mohiyatini yetkazishga harakat qildi. Mamlakat tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Dinara Kemelova Qozog‘iston elchisi Ayimdos Bozjigitovni qabul qilib, Qozog‘iston tomonidan 2010-yilda chegaralarning yopilishi va joriy etilgan cheklovlar mamlakat fuqarolari uchun jiddiy muammoalar tug‘dirgani, qurbonlarga olib kelganini bildirdi. 

Опубликовано: admin (22-02-2017, 17:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 86) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют