» » Atambayev Qirg‘iziston – Qozog‘iston chegarasidagi o‘tkazish punktida odamlar va mashinalar to‘planib qolganini “haddan oshish” deb baholadi

Atambayev Qirg‘iziston – Qozog‘iston chegarasidagi o‘tkazish punktida odamlar va mashinalar to‘planib qolganini “haddan oshish” deb baholadi


Qirg‘iziston – Qozog‘iston chegarasidagi vaziyat Yevrosiy iqtisodiy ittifoqi doirasida erishilgan kelishuvlarga zid keladi. Bu haqda Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atambayev Batken viloyatida harbiylarga uylar topshirish marosimida qilgan chiqishida aytib o‘tdi, deb xabar beradi “TASS”.

“Uch kundan beri Qirg‘iziston – Qozog‘iston chegarasidagi vaziyatni kuzatyapman. Bu haddan oshishdir. U yerda Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi me’yorlari buzilmoqda”, — dedi u.

Prezidentning so‘zlariga qaraganda, qirg‘iz xalqi “uch kunlik qamal”dan qo‘rqmaydi va “chet elning malaylarini saylamaydi”.

“Qirg‘iziston bugungi qonunsizlikdan o‘tib oladi, 2010-yili qilganiday”, — qo‘shimcha qildi Atambayev, o‘shanda ham Qozog‘iston qariyb bir yarim oyga chegaralarini yopib qo‘yganiga ishora qilib.

Atambayev Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyevni Qirg‘iziston prezidentligiga muxolifatdan nomzod O‘murbek Babanovni qo‘llab-quvvatlayotganlikda ayblaganidan buyon bu ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlar yomonlashmoqda. Ayni kunlarda “Qo‘rdoy” nazorat-o‘tkazish punktida Qozog‘iston tomonidan tekshiruvning kuchaytirilishi bois odamlar va mashinalar to‘planib qolmoqda.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (13-10-2017, 21:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 89) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют