» » Rossiyalik aktyor Moskvadagi uy derazasidan sakrab, omon qoldi

Rossiyalik aktyor Moskvadagi uy derazasidan sakrab, omon qoldi


“Odamlar yashaydigan orol” filmida bosh rolni ijro etgan aktyor Vasiliy Stepanov Moskvadagi turar-joy derazasidan tushib ketib, omon qoldi, deb yozadi “RIA Novosti” vaziyatdan xabardor manbasiga tayanib.

Uning so‘zlariga ko‘ra, hodisa 10-aprel, dushanba kuni sodir bo‘lgan.

“Aktyor Stepanov Davidkovskaya ko‘chasidagi besh qavatli uy derazasidan o‘zini tashladi. Qulashdan so‘ng u tirik qoldi, kasalxonaga yotishdan bosh tortdi”, — dedi agentlik suhbatdoshi.

Aktyor unchalik katta bo‘lmagan balandlikdan — taxminan uchinchi qavat balandligidan tushib ketgan. Stepanovning bunday xatti-harakati sabablarini manba izohlamadi, uning ma’lumotlariga ko‘ra, aktyor derazadan o‘zi sakragan.

IIVning Moskva bo‘yicha bosh boshqarmasi erkak kishining derazadan qulashi holatini tasdiqladi, ammo boshqa tafsilotlarni oshkor etmadi.

Опубликовано: admin (13-04-2017, 09:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 104) ( 0) ( 104) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют