» » UEFA futbol bo‘yicha milliy chempionatlar yakunlanmay qolsa, hozirgi yetakchilarni chempion deb e’lon qiladi

UEFA futbol bo‘yicha milliy chempionatlar yakunlanmay qolsa, hozirgi yetakchilarni chempion deb e’lon qiladi


UEFA koronavirus pandemiyasi tufayli yuzaga kelgan vaziyatdan so‘ng 17-mart, seshanba kuni majlis o‘tkazadi.

AS nashrining xabar qilishicha, UEFA mazkur yig‘ilishda milliy chempionatlar g‘oliblari, Yevrokuboklarda ishtirok etadigan klublar va musobaqani tark etadigan jamoalarni aniqlash mezbonlarini e’lon qiladi.

Agar biror musobaqa o‘tkazilmay qolsa tashkilot ayni damdagi yetakchini chempion sifatida e’lon qilmoqchi. Xuddi shu tizimda yevrokuboklar ishtirokchilari ham aniqlanadi.

Milliy chempionatni tark etadigan va yangi qo‘shiladigan jamoalar taqdiri ligalarning o‘ziga topshiriladi.

Mavzuga doir: Koronavirus va sport: Qoldirilgan Superliga, bo‘m-bo‘sh “Humo Arena” va Tojikistonga qarshi sir tutilgan o‘rtoqlik o‘yini

Eslatib o‘tamiz, avvalroq mazkur yig‘ilishda Yevro—2020 musobaqasini qoldirish masalasi ko‘rib chiqilishi xabar qilingandi.

Ma’lumot uchun, ayni damda Yevropa kuchli beshlik chempionatlarida quyidagi jamoalar yetakchi bo‘lib turibdi: “Liverpul” (Angliya), “Barselona” (Ispaniya), “Bavariya” (Germaniya), “Yuventus” (Italiya), PSJ (Fransiya)

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-03-2020, 20:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 53) ( 0) ( 52) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют