» » O‘zbekistonda vertolyotlardan dezinfeksiya uchun dori sepilishi haqidagi gap-so‘zlar rad etildi

O‘zbekistonda vertolyotlardan dezinfeksiya uchun dori sepilishi haqidagi gap-so‘zlar rad etildi


Ijtimoiy tarmoqlarda vertolyotlar orqali dezinfeksiya tadbirlari o‘tkazilishi haqidagi xabarlar tarqaldi.

Unda, jumladan, shunday deyiladi: “Bugun 23:00 va tonggi 5:00 gacha vertolyotlar dezinfeksiya uchun dori sepadi. Deraza va balkonlar yopiq bo‘lishi lozim va 23:00 dan so‘ng ko‘chalarda yurish mumkin emas. Harbiy qismdan xabar berishdi”.

Sog‘liqni saqlash vazirligi, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, Yoshlar Ittifoqi va Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi @koronavirusinfouz kanali raddiyasiga ko‘ra, bu ma’lumot yolg‘on va haqiqatga to‘gri kelmaydi.

O‘z navbatida kanal mualliflari vahima tarqatganlik uchun jinoiy javobgarlik mavjudligini eslatib o‘tgan.

Aholi orasida vahima chiqarishga qaratilgan materiallarni tayyorlash yoki ularni tarqatish maqsadida saqlash 44 mln 600 ming so‘mdan 89 mln 200 ming so‘mgacha miqdorda jarima yoki 3 yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud 1 yildan 3 yilgacha ozodlikni cheklash yoki 3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Aholi orasida vahima chiqarishga qaratilgan ma’lumotlar va materiallarni har qanday shaklda tarqatish 66 mln 900 ming so‘mdan 89 mln 200 ming so‘mgacha miqdorda jarima yoki 3 yildan 5 yilgacha ozodlikni cheklash yoxud 3 yildan 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-03-2020, 11:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 61) ( 0) ( 60) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют