» » Sherzod Shermatov maktablarda qaysi xodimlar faoliyatini ish joyida amalga oshirishi haqida ma’lumot berdi

Sherzod Shermatov maktablarda qaysi xodimlar faoliyatini ish joyida amalga oshirishi haqida ma’lumot berdi


Maktablarda direktor va uning ikki o‘rinbosari, psixolog, yoshlar yetakchisi, farrosh hamda qorovul faoliyatini ish joyida amalga oshiradi. Bu haqda 17-mart, seshanba kuni, koronovirusning tarqalishi va unga qarshi ko‘rilayotgan choralar bo‘yicha ta’lim muassasalarida amalga oshirilayotgan ishlar bo‘yicha o‘tkazilayotgan matbuot anjumanida ma’lum qilindi.

Anjumanda aytilishicha, O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov boshchiligidagi koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini olish va ta’lim muassasalarida sanitariya-epidemiologik osoyishtalikni ta’minlash yuzasidan respublika maxsus komissiyasi tomonidan qabul qilingan qarorga ko‘ra, O‘zbekistondagi barcha umumta’lim maktab o‘quvchilari uchun 16-mart kunidan ta’til e’lon qilindi.

Maxsus komissiya yig‘ilishining qarori bilan, umumiy o‘rta ta’lim muassasalari va tashkilotlarda faoliyat yuritayotgan xodimlarga o‘quvchilar uchun qo‘shimcha e’lon qilingan ta’til davrida navbatdan tashqari mehnat ta’tilini berish imkoniyati yaratilgan.

Bunda, 2019/2020-o‘quv yili uchun rejalashtirilgan ta’til (21-martdan 27-martgacha) davrida ko‘zda tutilgan pedagogik yuklamalar pedagoglar tomonidan o‘rnatilgan tartibda oylik ish haqlari saqlab qolingan holda masofadan turib bajarilishi mumkin bo‘ladi.

Masofadan turib o‘quv jarayonini tashkil etish hamda ta’lim muassasasi va tashkilotlarning bino va inshootlarini samarali saqlash ishlarini muvofiqlashtirish maqsadida quyidagi lavozimlarda ishlovchi xodimlar o‘z faoliyatini ish joyida amalga oshiradi:

Hozirgi kunda Xalq ta’limi vazirligi tizimiga kiruvchi barcha ta’lim muassasalarida, jumladan, maktab-internatlar, “Barkamol avlod” bolalar maktablaridagi to‘garaklar, A.Avloniy nomidagi xalq ta’limi tizimi rahbar va xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti, xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish hududiy markazlarida o‘quv jarayonlari to‘xtatildi.

Shuningdek, mehribonlik uylari va bolalar shaharchalarida tarbiyalanuvchilarning xavfsizligini ta’minlash maqsadida ushbu ta’lim-tarbiya muassasalariga kirish va chiqish qat’iy nazoratga olinib, turli xayriya tadbirlari cheklanadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-03-2020, 15:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 87) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют