» » Kolumbiyadagi sel qurbonlari soni 320 kishiga yetdi

Kolumbiyadagi sel qurbonlari soni 320 kishiga yetdi


Kolumbiyaning Mokoa shahriga yopirilgan sel qurbonlari soni kamida 320 kishini tashkil etmoqda. Bu haqda mamlakat prezidenti ma’muriyati ma’lum qildi, deya xabar beradi “TASS”. 

Oldinroq tabiiy ofat tufayli 314 kishi halok bo‘lgani bildirilgandi. 

Prezident ma’muriyatiga ko‘ra, qurbonlarning 118 nafari voyaga yetmaganlardir. 322 kishi jarohat olgan, ularning barchasi kasalxonalarni tark etdi. 

Hukumat tomonidan jabrlanganlarga yordam ko‘rsatish uchun ochilgan hisob raqamiga 6 milliard pesodan (2 million dollar) ko‘proq mablag‘ o‘tkazildi. Hozirda Mokoada vayronalarni bartaraf etish va infrastrukturani tiklash ishlari olib borilmoqda. 

Munitsipalitet maktablaridagi mashg‘ulotlar 17-apreldan boshlanishi ma’lum qilindi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (13-04-2017, 10:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 51) ( 0) ( 50) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют