» » O‘zbekistonda 2020-yilda 130 mingdan ortiq talabani davlat buyurtmasi asosida o‘qishga qabul qilish rejalashtirilmoqda

O‘zbekistonda 2020-yilda 130 mingdan ortiq talabani davlat buyurtmasi asosida o‘qishga qabul qilish rejalashtirilmoqda


O‘zbekiston Prezidentining “2020/2021-o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasining oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari to‘g‘risida”gi qarori loyihasi jamoatchilik muhokamasi uchun e’lon qilindi.

Qaror loyihasiga ko‘ra, 2020/2021-o‘quv yilida oliy ta’lim muassasalariga davlat buyurtmasi asosida o‘qishga qabul qilishning quyidagi umumiy parametrlari ko‘zda tutilgan.

Bakalavrlar tayyorlash bo‘yicha:

Magistrlar tayyorlash bo‘yicha — 10 643 nafar.

Hujjat loyihasiga ko‘ra, 2020/2021-o‘quv yilida ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasi tasdiqlanadi. Davlat komissiyasiga quyidagi huquqlar beriladi:

Qarorga muvofiq, oliy ta’lim muassasalariga davlat granti asosida ajratiladigan o‘rinlar soni bosqichma-bosqich 2022/2023-o‘quv yiliga qadar 2019/2020-o‘quv yiliga nisbatan ikki barobarga oshiriladi;

Shuningdek, 2020/2021-o‘quv yilidan boshlab O‘zbekiston Mahalla va oilani qo‘llab quvvatlash vazirligi tomonidan beriladigan tavsiyanomaga ega bo‘lgan qizlar uchun kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha tasdiqlangan davlat grantlariga nisbatan 4 foiz miqdorda alohida grant o‘rinlari ajratiladi.

Bundan tashqari, 2020/2021-o‘quv yilida “Matematika”, “Tabiiy fanlar” ta’lim sohalari bo‘yicha magistratura mutaxassisliklari uchun davlat buyurtmasi bo‘yicha qabul to‘liq davlat granti asosida amalga oshiriladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-03-2020, 07:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 78) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют