» » Dunyo bo‘yicha koronavirusga chalinganlar soni 198 mingdan oshdi. Xubeyda bir sutkada bir bemor aniqlandi, Ispaniyada esa 182 kishi vafot etdi

Dunyo bo‘yicha koronavirusga chalinganlar soni 198 mingdan oshdi. Xubeyda bir sutkada bir bemor aniqlandi, Ispaniyada esa 182 kishi vafot etdi


Jahon bo‘yicha koronavirusga chalinganlar soni 198 ming kishidan oshib ketdi. Jon Xopkins universiteti ma’lumotariga ko‘ra, bemorlarning 81 950 nafari sog‘ayib ulgurgan, 7948 nafari esa vafot etdi.

17-mart oqshomida Chernogoriyada COVID-19 koronavirusini yuqtirib olish bilan bog‘liq dastlabki ikki holat ro‘yxatga olingani ma’lum qilindi. Virus AQSh va Ispaniyadan kelgan bemorlarda aniqlangan. Bungacha Chernogoriya Yevropadagi koronavirusdan xoli yagona mamlakat bo‘lib turgandi.

AQShning barcha 50 ta shtatida koronavirus aniqlandi. Mamlakatda COVID-19 koronavirus infeksiyasi aniqlangan eng so‘nggi shtat G‘arbiy Virjiniya bo‘ldi. Hozirgacha Amerikada 5800 dan ortiq kasallanish holati aniqlangan, 100 dan ortiq odam vafot etgan.

Ispaniya hukumati so‘nggi bir sutka ichida mamlakatda 182 kishi koronavirusdan vafot etganini ma’lum qildi, qurbonlar soni 491 nafargacha ko‘paydi. Ispaniya qurbonlar sonining shiddatli o‘sishi bo‘yicha Italiyadan so‘ng jahondagi ikkinchi mamlakat bo‘lib turibdi. Mamlakatda 11 178 kishida virus aniqlangan. Mahalliy Sog‘liqni saqlash vazirligi yarmi Xitoy tomonidan beg‘araz taqdim etilgan bir millionga yaqin tibbiy niqoblarni shifokorlarga tarqatishga qaror qilgan.

Xitoyda so‘nggi bir sutka ichida yana 13 kishida koronavirus infeksiyasi aniqlandi, e’tiborli tomoni, yangi bemorlarning 12 nafari Xitoyga chet eldan kirib kelganlar. Koronavirus infeksiyasining birinchi o‘chog‘i bo‘lgan Xubey provinsiyasida bir sutka ichida bir bemor ro‘yxatga olingan. Mamlakatda koronavirusga chalinganlarning umumiy soni 80 894 kishiga yetgan.

Mavzuga doir: O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 13 nafarga yetdi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-03-2020, 11:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 87) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют