» » Xitoyda koronavirus bilan xastalangan bemorlar soni 68 ming kishidan oshib ketdi

Xitoyda koronavirus bilan xastalangan bemorlar soni 68 ming kishidan oshib ketdi


So‘nggi bir sutka ichida Xitoyda koronavirus qurbonlari soni 142 kishiga ko‘paydi, yana 1323 kishi esa kasallikni yuqtirib olgan. 16-fevral holatiga ko‘ra Xitoyda 68 500 holatda koronavirus bilan xastalanish qayd etilgan, jahon bo‘yicha 69 mingdan ortiq inson virus bilan zararlangan.

Xitoy Milliy sog‘liqni saqlash komissiyasi ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakatda koronavirus qurbonlarining umumiy soni 1665 kishiga yetgan, 9 419 kishi esa kasallikni yengib o‘tib, tuzalishga muvaffaq bo‘lgan.

Xubey provinsiyasida esa bir sutkada 1843 ta yangi kasallanish holati qayd etilgan, ulardan 1548 tasi koronavirusning ilk o‘chog‘i hisoblangan Uxanda aniqlangan. Sutka davomida Xubeyda qurbonlar soni 139 kishiga ko‘paygan (shundan 110 nafari — Uxanda). Provinsiyada 49 030 kishida koronavirus aniqlangan, shuning 35 mingdan ortig‘i Uxanga to‘g‘ri keladi.

South China Morning Post hisob-kitoblariga ko‘ra, Xitoydan tashqaridagilarni ham qo‘shib hisoblaganda, koronavirus oqibatida 1669 kishi halok bo‘lgan; virus jahon bo‘yicha 69 195 kishida aniqlangan. Xitoydan tashqarida kasallanganlar soni bo‘yicha eng yuqori ko‘rsatkich Yaponiyada — 16-fevral holatiga ko‘ra, u yerda 338 kishi koronavirusni yuqtirib olgan.

Shuningdek, Singapurda 72 kishi, Gonkongda 56 kishi, Tailandda 33 kishi, Janubiy Koreyada 28 kishi aynan shu tashxis bilan kasalxonaga yotqizilgan. 15-fevral kuni esa koronavirusdan vafot etish bilan bog‘liq Yevropadagi ilk holat qayd etilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-02-2020, 09:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 73) ( 0) ( 71) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют