» » Tibbiyot fanlari doktori koronavirusning banan, sut yoki go‘sht mahsulotlaridan yuqmasligini tushuntirib berdi (video)

Tibbiyot fanlari doktori koronavirusning banan, sut yoki go‘sht mahsulotlaridan yuqmasligini tushuntirib berdi (video)


Tibbiyot fanlari doktori, professor Xayrulla Mustafoyev “O‘zbekiston 24” telekanalida efirga berilgan intervyuda koronavirusning banan, sut mahsulotlari yoki go‘sht mahsulotlaridan yuqmasligini tushuntirib berdi.

“Aholi o‘rtasida har xil gaplar yuradi. Tushunsa tushunmasa, bilsa bilmasa turli mish-mishlar tarqatilmoqda. Aql bilan ish ko‘raylik. Virus asosan jonli tanada bo‘ladi, issiq haroratli hayvon yoki inson organizmida yuradi. Avval ham aytilganidek banandan yoki sut mahsulotlaridan chiqmaydi. Sababi virus nisbatan issiqroq haroratda yashay oladi. Viruslar sut mahsulotlari, go‘sht mahsulotlarida hech qachon yashay olmaydi. Sutni chala qaynatish yoki go‘shtni yaxshi pishirmaslik boshqa og‘ir kasalliklarni keltirib chiqaradi”, – deydi olim.

“Olingan mahsulot aniq tekshirilgan joydan olinishi kerak. Ko‘chada sotgan har qanday mahsulotni olmaslik kerak. Sut va go‘sht mahsulotlarini tekshirilgan, sinovdan o‘tgan mahsulotni olish kerak. Mol go‘shti yoki jigarining sifatsiz qismidan taom tayyorlab ichida parazit bo‘lgan mahsulotdan bruselloz kasalligini yuqtirib olish mumkin”, – degan Xayrulla Mustafoyev.

Mavzuga doir: 

Avval O‘zbekistonda koronavirus tarqalishining oldini olish bo‘yicha bir qator profilaktik cheklovlar joriy etilishi, ichki sayohatlar va ommaviy tadbirlar vaqtincha to‘xtatilgani va O‘zbekistonda koronavirus bilan kasallanganlar soni 15 nafarga yetgani haqida xabarlar berilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-03-2020, 16:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 93) ( 0) ( 93) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют