» » Video: Ekspert xorijlik olimlarning koronavirus haqidagi tavsiyalari ba’zida O‘zbekiston sharoitiga mos kelmasligini tushuntirdi

Video: Ekspert xorijlik olimlarning koronavirus haqidagi tavsiyalari ba’zida O‘zbekiston sharoitiga mos kelmasligini tushuntirdi


“O‘zbekiston 24” telekanalida efirga uzatilgan suhbatda Tibbiyot fanlari doktori, professor Xayrulla Mustafoyev xorijlik olimlarning koronavirus haqidagi tavsiyalari nima uchun O‘zbekiston sharoitiga mos kelmasligini tushuntirdi.

Chet el olimlarini kuzatib boraman. Xorijlik olimlar bergan tavsiyalar ko‘pincha O‘zbekiston sharoitiga to‘g‘ri kelmaydi. Olimlarning aksar qismi labarotoriyada ishlaydi va bizning sharoitni, urf-odatlarni yaxshi bilmaydi. Virus ham turli sharoitlarga moslashuvchan. Koronavirus asosan namlik yuqori bo‘lgan mamlakatlar Sharqiy Osiyo davlatlari COVID-19 Tailand, Vyetnam va Xitoy dengizga yaqin yerlarda 5–8 daraja haroratda yaxshi rivojlanadi. Bizning iqlimda virusga o‘rin yo‘q deb hisoblayman.

Xayrulla Mustafoyev, Tibbiyot fanlari doktori, professor

Mavzuga doir: 

11-mart kuni Fransiyadan (virus 15-mart kuni aniqlangan), 14-mart kuni Buyuk Britaniyadan, 15-mart kuni Turkiyadan qaytgan, shuningdek, Dubaydan qaytgan jami to‘rt nafar fuqaroda koronavirus infeksiyasi aniqlangani haqida xabar berilgan edi.

Bundan tashqari, Fransiyadan qaytgan fuqaroning o‘g‘li, qizi, turmush o‘rtog‘i, nevarasi va bir qarindoshida, Turkiyadan qaytgan birinchi bemorning rafiqasi va ular bilan bir reysda bo‘lgan yana bir fuqaroda ham kasallik aniqlangani ma’lum qilingan, keyinchalik ikkinchi bemorning turmush o‘rtog‘ida ham koronavirus infeksiyasi aniqlangan, shu tariqa O‘zbekistonda COVID-19 koronavirusi bilan kasallanganlar soni 13 nafarga yetgandi. Keyinchalik ular safiga yana ikki nafar odam qo‘shildi va koronavirus yuqtirib olganlar soni 15 nafarga yetdi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-03-2020, 16:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 84) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют