» » “Monako” Mbappedan mamnun, “Borussiya D” ustozi avtobus voqeasidan shikoyat qildi

“Monako” Mbappedan mamnun, “Borussiya D” ustozi avtobus voqeasidan shikoyat qildi


Yevropa Chempionlar Ligasi chorak final ilk bellashuvida Dortmundning “Borussiya” klubi “Monako” futbolchilariga qarshi bahs olib borib, 3:2 hisobida zafar quchdi.

Mbappe muntazam rivojlanishda davom etmoqda. U biz bilan ikkinchi yil va o‘z ustida ishlashdan to‘xtamayapti. Kilian barchasini tushunib turibdi. Biz uning nafaqat bugungi o‘yinidan, balki barcha uchrashuvlaridagi xatti-harakatidan mamnunmiz. U “Borussiya”ga qarshi o‘yin uchun tayyor bo‘lish maqsadida atayin “Anje” bilan o‘yinni qo‘yib yuborgandi. Mbappe yuqori darajaga erishadi. O‘yin natijasiga to‘xtalsam, yarim final yo‘lida ekanimizni tushunyapmiz.

Leonardo Jardim, “Monako” bosh murabbiyi

O‘yin qoldirilishi haqida bizdan hech kim so‘ramadi. Shunchaki UEFA Shveysariyada shunday qaror qildi. O‘zimizni juda yomon his qildik. Biz bilan shunday munosabatda bo‘lishdiki, xuddi avtobusga bor yoo‘qi pivo bankasi otilgandek. Bunday holatlardan keyin o‘zingizni kuchsiz his qilasiz. Biz avtobusdan chiqdik, Bartra shifoxonaga olib ketildi va bizga qarorni e’lon qilishdi. Shunday keyin bu yaxshilikka olib kelmasligini sezdik.

Tomas Tuxel, “Borussiya” Dortmund bosh murabbiyi

Mavzuga doir: “Borussiya” futbol klubi avtobusi oldida portlash yuz berdi. Jamoaning “Monako”ga qarshi YChLdagi o‘yini qoldirildi

Mavzuga doir: “Borussiya” futbol klubi avtobusi oldida portlash yuz berdi. Jamoaning “Monako”ga qarshi YeChLdagi o‘yini qoldirildi

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (13-04-2017, 11:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 30) ( 0) ( 28) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют