» » “Borussiya Dortmund” muxlislari haqiqiy Obameyangni ko‘rgan kun. “Benfika”ga 4 ta gol urishni rejalashtirish qiyin edi

“Borussiya Dortmund” muxlislari haqiqiy Obameyangni ko‘rgan kun. “Benfika”ga 4 ta gol urishni rejalashtirish qiyin edi


Yevropa Chempionlar ligasining chorak finaliga yo‘llanma olgan “Borussiya Dortmund” klubi bosh murabbiyi Tomas Tuxel raqibi “Benfika”ni hurmat qilgani holda intervyu berdi. Shu bilan birgalikda uning so‘zlaridan jamoasiga bo‘lgan ishonch isi ham ufurib turgandi.

Agar shunday hisobni avvaldan kutgandim desam, “Benfika”ga nisbatan hurmatsizlik qilgan bo‘laman. Uning kabi ajoyib jamoaga 4 ta gol urishni kutish qiyin masala.

Biz holatni butkul o‘zgartirib yuborishga to‘la tayyor edik va uchrashuvni nazorat qildik. Bugun haqiqiy Obameyang qanday ekanini ko‘rdik.

“Benfika” qanchalik ajoyib jamoa bo‘lmasin, chorak finalga biz haqliroq edik. Endi yarim final uchun jangni davom ettiramiz.

Tomas Tuxel, “Borussiya Dortmund” bosh murabbiyi

Portugaliya klubi bosh murabbiyining fikriga ko‘ra, “Benfika”da chorak final uchun imkoniyatlar yetarli edi. Biroq ikkinchi gol ko‘p narsani o‘zgartirib yubordi.

Biz o‘yinni yomon boshladik va tezkor gol qo‘yib yubordik. Shundan keyin o‘yinimiz ancha qovushgan bo‘lsa-da, biz baribir ikkinchi golni o‘tkazib qo‘ydik.

Hamma ko‘rdi, o‘yinning borishi u qadar yomon emasdi va bizda navbatdagi bosqichga yo‘l olish imkoniyati bor edi. Chunki gol urish uchun ajoyib vaziyatlar bo‘ldi. Shunga qaramay, ulardan foydalana olmadik.

Ruy Vitoriya, “Benfika” bosh murabbiyi

Опубликовано: admin (9-03-2017, 09:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 87) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют