» » Bugun “Barselona” — “PSJ” va “Borussiya Dortmund” — “Benfika”. Uzreport Kataloniyaga yuzlanadi

Bugun “Barselona” — “PSJ” va “Borussiya Dortmund” — “Benfika”. Uzreport Kataloniyaga yuzlanadi


Yevropa Chempionlar ligasining 1/8 finalidan joy olgan “Barselona” — “PSJ” va “Borussiya Dortmund” — “Benfika” o‘yinlari bugun — 8-mart tunida bo‘lib o‘tadi.

Har ikki bellashuv Toshkent vaqti bilan 00:45 da start oladi. Chempionlar ligasi o‘yinlarini O‘zbekiston hududida translyatsiya qilish huquqini sotib olgan UzReport telekanali bunda o‘yinlardan birini tanlab olishi kerak bo‘ladi.

14-fevral kuni bo‘lib o‘tgan dastlabki to‘qnashuvlarda telekanal “PSJ” — “Barselona” o‘yiniga e’tibor qaratgandi. Bu safar ham shu hol takrorlanib, jamoalarning Kataloniyada bo‘lib o‘tadigan javob o‘yini jonli efirda ko‘rsatiladi.

Ma’lumot uchun, “Barselona” Parijda raqibidan 0:4 hisobida yengilgan bo‘lsa, Dortmund klubi Portugaliyadan 0:1 hisobidagi mag‘lubiyat bilan qaytib kelgandi.

Опубликовано: admin (8-03-2017, 13:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 33) ( 0) ( 31) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют