» » Bugun “Napoli” — “Real Madrid” va “Arsenal” — “Bavariya”. UzReport o‘z e’tiborini Neapolga qaratadi

Bugun “Napoli” — “Real Madrid” va “Arsenal” — “Bavariya”. UzReport o‘z e’tiborini Neapolga qaratadi


Yevropa Chempionlar ligasining chorak finali yo‘lida bugun — 7-mart kuni ikkita uchrashuv bo‘lib o‘tadi. Neapolda “Napoli” Madridning “Real” klubini qabul qilsa, “Bavariya” futbolchilari “Arsenal” bilan o‘yin uchun Londonga tashrif buyuradi.

Har ikki bellashuv bir paytda — Toshkent vaqti bilan 00:45 da start oladi. Shundan kelib chiqib, Chempionlar ligasi o‘yinlarini O‘zbekiston hududida translyatsiya qilish huquqini qo‘lga kiritgan UzReport jonli efir uchun ulardan birini tanlashi kerak bo‘ladi.

Mazkur jamoalarning 15-fevral kuni bo‘lib o‘tgan dastlabki to‘qnashuvi vaqtida UzReport “Bavariya” — “Arsenal” o‘yiniga e’tibor qaratgandi. Javob o‘yinida esa shuning aksi bo‘ladi va “Napoli” — “Real Madrid” uchrashuvi to‘g‘ridan-to‘g‘ri ko‘rsatiladi.

Ma’lumot uchun, “Real” o‘z maydonida “Napoli” ustidan 3:1 hisobida zafar quchgan bo‘lsa, “Asrenal” Myunxenda “Bavariya”dan 1:5 hisobida yengilgandi.

Опубликовано: admin (7-03-2017, 11:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 80) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют