» » Xitoy kompaniyasi Qozog‘istonda GM Uzbekistan avtomobillarini yig‘ishda ishtirok etadi

Xitoy kompaniyasi Qozog‘istonda GM Uzbekistan avtomobillarini yig‘ishda ishtirok etadi


Xitoyning SMS davlat kompaniyasi Qozog‘istonda GM Uzbekistan avtomobillarini yig‘ishda ishtirok etadi. Bu haqda “1News” xabar bermoqda.

Xitoy kompaniyasi Qozog‘istonning AllurGroup aksyadorlik jamiyati kapitaliga kirishi va oddiy aksiyalarining 51 foizini xarid qilishi haqidagi kelishuvga erishdi. Mazkur hujjatga SMS prezidenti Van Syu Shen va AllurGroup aksiyadori, direktorlar kengashi a’zosi Yuriy Sxay tomonidan imzolandi.

Xitoylik sheriklar yordamida Kustanaydagi korxona ishlab chiqarishini mahalliylashtirishni chuqurlashtirish, yangi texnologiyalarni joriy etishi, “SariarkaAvtoprom” bazasida kam xarajat va yuksak samara bilan zamonaviy avtomobillar ishlab chiqarilishi ko‘zda tutilmoqda. 

Ma’lumot uchun, GM Uzbekistan va AllurGroup o‘rtasidagi kelishuvga muvofiq, Kustanaydagi “SariarkaAvtoprom” korxonasida yiliga 3 ming dona Ravon Nexia R3 sedani yig‘iladi. Keyinchalik bu ko‘rsatkich 7 minggacha yetishi mumkin.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (13-04-2017, 12:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 92) ( 0) ( 90) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют