» » O‘zbekistonda koronavirus sababli yuzaga keladigan iqtisodiy muammolarga qarshi kurashish uchun 10 trln so‘m ajratiladi (video)

O‘zbekistonda koronavirus sababli yuzaga keladigan iqtisodiy muammolarga qarshi kurashish uchun 10 trln so‘m ajratiladi (video)


O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev koronavirus pandemiyasi va global inqirozli hodisalarning iqtisodiyot tarmoqlariga salbiy ta’sirini yumshatish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida farmon qabul qildi. Bu haqda Shavkat Mirziyoyev raisligida 19-mart, payshanba kuni, koronavirus pandemiyasining aholi turmush darajasi va iqtisodiyot tarmoqlariga salbiy ta’sirini yumshatish masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida ma’lum qilindi.

Hujjatga asosan, Inqirozga qarshi jamg‘arma tuzilib, unda 10 trillion so‘m shakllantiriladi.

Mavzuga doir: Shavkat Mirziyoyev narxlarni asossiz oshirayotganlar haqida: “Birovning tashvishi evaziga topilgan pul hech kimga buyurmaydi!”

“Bugungi sharoitda sanoat korxonalari, tadbirkorlar va eksportyorlar bizdan aniq va samarali choralar kutmoqda. Shu bois iqtisodiyotda hisob-kitob qilinayotgan yo‘qotishlar o‘rnini qoplash uchun zaxira yaratish va makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlash hukumatning asosiy vazifasi bo‘lishi zarur”, — dedi Shavkat Mirziyoyev.

Qayd etib o‘tilgan farmon bu boradagi ishlarni samarali tashkil etish maqsadida qabul qilingan. Yig‘ilishda farmonda belgilangan dolzarb vazifalarni amalga oshirish, pandemiyaning iqtisodiyotga salbiy ta’sirini yumshatish masalalari muhokama qilindi.

Eslatib o‘tamiz, Shavkat Mirziyoyev 18-mart, chorshanba kuni, bo‘lib o‘tgan videoselektor yig‘ilishida koronavirus bo‘yicha xalqqa murojaat qilgandi. Shuningdek, davlat rahbari mazkur pandemiyaning iqtisodiyotga salbiy ta’sirlarini kamaytirish maqsadida zarar ko‘rishi mumkin bo‘lgan sohalardagi kompaniyalarga soliq ta’tillari berilishi rejalashtirilayotganini ma’lum qilgan edi.

Mavzuga doir: Andijonlik tadbirkor kuniga 20 ming dona tibbiyot niqobi tayyorlab, dorixonalarga 900 so‘mdan yetkazib bermoqda

Ayni paytda O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 23 kishini tashkil etmoqda.Ma’lum qilishlaricha, Fransiyada bo‘lib qaytgan birinchi bemor ayolning yana uch nafar qarindoshida koronavirus aniqlangan. Avvalroq uning o‘g‘li, qizi, turmush o‘rtog‘i, nevarasi, onasi, kelini, yana bir qarindoshi va bir hamkasbida ham kasallik aniqlangan edi.

Shuningdek, 15-mart kuni HY274 Istanbul—Toshkent reysi bilan kelgan reysning yana bir yo‘lovchisida ham koronavirus aniqlangan. Avvalroq shu reysda bo‘lgan ikki er-xotin va yana bir yo‘lovchida ham koronavirus infeksiyasi topilgan edi.

Bundan tashqari, 14-mart kuni HY202 London—Toshkent reysi bilan kelgan yana bir yo‘lovchida ham kasallik qayd etilgan. Bu — mazkur reysda kelib, koronavirus yuqtirib olgani aniqlangan to‘rtinchi fuqaro. Avvalroq bir er-xotin va yana bir yo‘lovchida virus qayd etilgan edi.

Sog‘liqni saqlash vazirligidan ma’lum qilishlaricha, koronavirus aniqlangan yangi besh bemorning bari shu vaqtgacha tibbiy nazoratda bo‘lgan. Qo‘shimcha qilishlaricha, infeksiya tarqalib ketishining oldini olish maqsadida olib borilayotgan epidemiologik surishtiruv ishlari davom ettirilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-03-2020, 21:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 89) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют