» » DSQ koronavirus sabab narxlarning sun’iy oshirilgani yuzasidan 1600 dan ziyod shikoyatlar kelib tushganini ma’lum qildi

DSQ koronavirus sabab narxlarning sun’iy oshirilgani yuzasidan 1600 dan ziyod shikoyatlar kelib tushganini ma’lum qildi


Koronavirus pandemiyasi tufayli e’lon qilingan karantin sharoitida Davlat soliq qo‘mitasi (DSQ) tomonidan bozorlar va dorixonalardagi narxlar qat’iy nazoratga olingan, deyiladi qo‘mita matbuot xizmatining xabarida.

Fuqarolar mahsulotlar narxining asossiz o‘sishiga duch kelgan paytda DSQning ishonch telefoniga (71) 244-98-98 yoki 1198 raqamiga qo‘ng‘iroq qilib murojaat qoldirishi mumkin.

DSQ matbuot xizmati xabariga ko‘ra, 18-mart holati bo‘yicha qo‘mitaga jami 1635 ta murojaat kelib tushgan. Odamlar, asosan, kartoshka (497), un (306) va o‘simlik yog‘i (63) narxlarining oshganidan shikoyat qilmoqda. Eng ko‘p murojaat 17-mart kuni kelib tushgan bo‘lib, shu kuni jami 1112 ta shikoyat ro‘yxatga olingan.

Shikoyatlarning katta qismi tibbiy niqoblarning yuqori narxlari bilan bog‘liq. Davlat soliq qo‘mitasiga niqoblar narxlarining keskin oshirilgani borasida 240 ta talabnoma kelib tushgan, 46 nafar fuqaro antiseptik vositalar narxlarining ko‘tarilgani haqida shikoyat qilgan.

Eng ko‘p shikoyat Toshkent (288), Samarqand (238) va Andijon (202) viloyatlariga to‘g‘ri kelgan. Xorazm viloyati (12), Qoraqalpog‘iston Respublikasi (16) va Sirdaryo viloyati (17)dan nisbatan kamroq murojaat va shikoyatlar kelib tushgan.

Soliq xizmati xodimlari barcha murojaatlar yuzasidan o‘rganish va tahlil ishlarini tashkil etgan, narxlar ko‘tarilishining oldini olish choralari ko‘rilmoqda, vijdonsiz tadbirkorlarga nisbatan keskin jazo choralari qo‘llaniladi.

Mavzuga doir: 

Avval Davlat soliq qo‘mitasi vakili narxlarni ataylab oshirayotgan savdogarlar borligidan ogohlantirgani, O‘zbekistondagi tadbirkorlardan koronavirus karantini sharoitida narxlarni oshirmaslik haqida kafolat xati olinayotgani, shuningdek, Shavkat Mirziyoyevning narxlarni asossiz oshirayotganlarga birovning tashvishi evaziga topilgan pul hech kimga buyurmasligini aytgani haqida xabarlar berilgan.

Mavzuga doir: Shavkat Mirziyoyev koronavirus pandemiyasining aholi turmush darajasi va iqtisodiyot tarmoqlariga salbiy ta’sirini yumshatish masalalariga bag‘ishlangan videoselektor o‘tkazdi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-03-2020, 21:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 88) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют