» » O‘zbekistondagi tadbirkorlardan koronavirus karantini sharoitida narxlarni oshirmaslik haqida kafolat xati olinmoqda

O‘zbekistondagi tadbirkorlardan koronavirus karantini sharoitida narxlarni oshirmaslik haqida kafolat xati olinmoqda


Koronavirus pandemiyasi tufayli karantin e’lon qilingani munosabati bilan, O‘zbekiston Davlat soliq qo‘mitasi Bosh prokuratura huzuridagi Departament bilan birgalikda mamlakatda oziq-ovqat va zarur tibbiy buyumlar narxlarini qattiq nazoratga oldi. Bu haqda DSQ matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, tadbirkorlarga sotilayotgan mahsulotlar narxini ko‘tarmaslik va bozorda barqarorlikni saqlash to‘g‘risida soliq idoralariga kafolat xati berish bo‘yicha ish olib borilmoqda.

Davlat soliq xizmati organlarida Davlat soliq inspeksiyalari, boshqarmalar, shuningdek, davlat soliq xizmati organlari xodimlari ishtirokida maxsus ishchi shtab tashkil etilgan.

Barcha yirik savdo markazlari, bozorlar, tovar ishlab chiqaruvchilar, ulgurji yetkazib beruvchilar va dorixonalarning batafsil ro‘yxati tuzilgan. Ularning har biriga davlat soliq xizmati bosh boshqarmasining mas’ul xodimlari biriktirilgan bo‘lib, ular bugungi kunda narxlar barqarorligi saqlanishini nazorat qilmoqda.

Xabarda aytilishicha, karantin e’lon qilingandan boshlab 16-mart kuni soat 13:00 ga qadar narxlarning asossiz oshirilishi yuzasidan fuqarolardan 247 ta murojaat kelib tushgan. Ularning 80 foizi zudlik bilan ijobiy hal etilgan, qolgan 20 foizida hozirda profilaktik choralar ko‘rilmoqda.

Davlat soliq qo‘mitasining “Ishonch raqami” (71 244-98-98) va 1198 qisqa raqami Call-markazi shtat rejimida ishlamoqda.

Mavziga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-03-2020, 13:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 53) ( 0) ( 51) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют