» » Davlat soliq qo‘mitasi ishga taklif etadi

Davlat soliq qo‘mitasi ishga taklif etadi


Davlat soliq qo‘mitasi soliq xizmati organlaridagi bo’sh bo’lgan lavozimlarga ishga taklif etadi. Bu haqda “Daryo”ga qo‘mita mutasaddilari ma’lum qildi.

Davlat soliq xizmati organlarining rahbarlik va inspektorlik lavozimlariga xizmatga qabul qilish hamda lavozimlariga tayinlash Mehnat kodeksi, “O’zbekiston Respublikasi Davlat soliq xizmati organlarida xizmatni o’tash to’g’risida”gi Nizomda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

Soliq organlari xizmatiga yoshi, millati, jinsi, ijtimoiy kelib chiqishi, mulkiy va mansab mavqeidan qat’i nazar, o‘zining kasb, ishchanlik, shaxsiy va axloqiy sifatlari, ma’lumoti darajasi va salomatligiga ko‘ra, davlat soliq organlariga yuklangan vazifalarning bajarilishini ta’minlashga qodir bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari qabul qilinadi.

Davlat soliq organlarining inspektorlar tarkibi lavozimlariga o’rta maxsus darajadan kam bo’lmagan iqtisodiyot, moliya yoki yuridik ixtisoslik bo’yicha ma’lumotga ega bo’lgan shaxslar tanlov asosida ishga qabul qilinadi.

Talabgorlar o‘zlari uchun qulay bo'lgan hududiy davlat soliq xizmati organlariga murojaat qilishi mumkin.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-01-2018, 08:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 61) ( 0) ( 60) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют