» » Soliq xizmati organlari boshliqlari uchun 195 ta xizmat uy-joylari quriladi

Soliq xizmati organlari boshliqlari uchun 195 ta xizmat uy-joylari quriladi


Vazirlar Mahkamasining 28-avgustdagi qarori bilan 2017—2021-yillarda davlat soliq xizmati organlarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash chora-tadbirlari dasturi tasdiqlandi, deb yozadi Norma.

U Davlat soliq xizmati hududiy organlarining ma’muriy binolarini rekonstruksiya qilishni (jami 11 ta obyekt, yiliga 2 ta obyektdan, shu jumladan 2017-yilda — Sirdaryo viloyati DSB va Qo‘shrabod tumani DSI), Davlat soliq xizmati hududiy organlarining ma’muriy binolarini kapital ta’mirlashni (jami 68 ta obyekt, har yili 13 tadan obyekt hisobida), shuningdek, hududiy davlat soliq boshqarmalari va tuman (shahar) davlat soliq inspeksiyalari boshliqlari uchun xizmat uy-joylari qurishni (DSB uchun 13 ta uy; DSI uchun 182 ta uy) ko‘zda tutadi.

Moddiy-texnika bazasini mustahkamlash doirasida formali kiyim-bosh tikish (davlat soliq xizmati organlari asosiy xodimlarining 12131 shtat birliklari uchun), hududiy soliq organlari uchun mebel sotib olish (yiliga 3 ta DSB va 36 ta DSI uchun), xizmat avtomashinalarini xarid qilish (jami 69 ta avtomashina), shuningdek, muqobil energiya manbalari — quyosh batareyalarini va energiya tejaydigan zamonaviy qozonxonalar o‘rnatish rejalashtirilmoqda.

Dasturni amalga oshirish uchun 275 milliard so‘mdan ziyod mablag‘ kerak bo‘ladi, shuning 7,9 milliard so‘mi Davlat budjetidan, qolgani DSQning budjetdan tashqari maxsus jamg‘armasidan ajratiladi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (12-09-2017, 09:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 101) ( 0) ( 100) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют