» » Shanxay politsiyasi bir yil davomida 1,9 ming telefon hamda internet-firibgarlarini qo‘lga oldi

Shanxay politsiyasi bir yil davomida 1,9 ming telefon hamda internet-firibgarlarini qo‘lga oldi


Shanxayda bir yil oldin tashkil etilgan telefon hamda internet-firibgarlariga qarshi kurashish markazi o‘z faoliyati davomida mart oyining oxiriga qadar 4,8 mingdan ortiq ishni ochdi, deb xabar berdi “TASS”.

Politsiyaning ushbu bo‘linmasi xodimlari telefon tarmoqlari va global tarmoq resurslaridan foydalanib firibgalik qilishda gumonlangan 1,9 ming shaxsni qo‘lga oldi. Bu haqida shahar jamoat xavfsizlik boshqarmasiga tayanib, “Sinmin Vanbao” gazetasi ma’lum qildi.

Jinoyatni fosh qilish jarayonida huquq-tartibot xodimlari Shanxayda umumiy miqdorda 148 million yuanga (21,7 million dollar) yaqin aktiv bilan bog‘liq firibgarlik ishlari muzlatilgan, 14 mingdan ortiq telefon raqamlari, shuningdek, 1,5 dan ortiq internet-saytlari qulflab qo‘yilgan.

2016-yil mart oyida tashkil etilgan Shanxay telefon hamda internet-firibgaligiga qarshi kurashish markazi yuqori texnologiya va dasturiy ta’minotni qo‘llagan holda turli moliyaviy tashkilotlar, to‘lov tizimlari va intenet-platformalar bilan hamkorlikda ish yuritadi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (13-04-2017, 12:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 28) ( 0) ( 27) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют