» » Toshkent chorrahalaridagi kameralar qayd etgan qoidabuzarliklarni internet orqali bilish mumkin bo‘ladi

Toshkent chorrahalaridagi kameralar qayd etgan qoidabuzarliklarni internet orqali bilish mumkin bo‘ladi


Toshkent chorrahalaridagi kuzatuv kameralari tomondan qayd etilgan qoidabuzarliklar bo‘yicha ko‘plab murojaatlar bo‘lmoqda. Murojaatlar sonining ko‘pligi call-markazga bog‘lanishda haydovchilarga qiyinchiliklar tug‘dirmoqda.

Shu sababdan yaqin kunlarda qoidabuzarliklar bo‘yicha ma’lumot olishga imkon beruvchi maxsus sayt ishga tushirilishi rejalashtirilmoqda. Bu haqda 30-mart kuni Toshkent shahar IIBBda bo‘lib o‘tgan brifingda ma’lum qilindi.

Har bir haydovchi telefon raqami va pasport ma’lumotlarini kiritib, saytda ro‘yxatdan o‘tishi va shaxsiy kabinetini ochishi mumkin bo‘ladi. Shaxsiy kabinet orqali haydovchi o‘zi yo‘l qo‘ygan qoidabuzarlik va jarima summasi haqida ma’lumotga ega bo‘ladi.

Alisher Abduqodirov, Toshkent shahar IIBB YHXB Jamoat va OAV bilan ishlash bo‘linmasi inspektori

Shuningdek, murojaatlar sonining ko‘pligini inobatga olgan holda ularni qabul qilish uchun call-markazda telefon raqamlarini ko‘paytirish ham rejalashtirilmoqda.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (30-03-2017, 20:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 108) ( 0) ( 106) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют