» » Toshkent chorrahalaridagi kameralar “uch-to‘rt oydan so‘ng” telefondan foydalangan va kamar taqmagan haydovchilarga jarima yozishni boshlaydi

Toshkent chorrahalaridagi kameralar “uch-to‘rt oydan so‘ng” telefondan foydalangan va kamar taqmagan haydovchilarga jarima yozishni boshlaydi


Toshkent shahridagi 115 ta chorrahaga o‘rnatilgan videokuzatuv kameralari 15-martdan ishga tushadi va ikki turdagi qoidabuzarlik uchun jarima yozishni boshlaydi.

Avvalroq kameralar o‘z faoliyatining dastlabki bosqichida faqat svetoforning qizil chirog‘idan o‘tib ketish va ruxsat etilgan tezlikni oshirish qoidabuzarliklarini qayd etishi ma’lum qilingan edi.

Mavzuga doir: Toshkent chorrahalaridagi kameralar dastlab faqat qizil chiroq va tezlik oshirish qoidabuzarliklarini qayd etadi

“Gazeta.uz”ning Toshkent shahar IIBB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi “Kompyuter markazi” bo‘limi boshlig‘i, podpolkovnik Shuhrat Muratovga asoslanib xabar berishicha, loyihaning sinov (dastlabki) bosqichi uch-to‘rt oy davom etadi.

Xabar berishlaricha, ikkinchi bosqichda videokameralar yordamida mobil telefonidan foydalanish, xavfsizlik kamarini taqmaslik kabi qoidabuzarliklar ham qayd etiladi.

Birinchi bosqichda barcha qoidabuzarliklar avtomatlashtirilgan tartibda aniqlanishi aytilgan edi. “Biroq ikkinchi bosqichdan boshlab aniqlanishi ko‘zda tutilgan qo‘shimcha qoidabuzarliklarni xodimlarimiz qayd etishadi”, — dedi Shuhrat Muratov.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

 

Опубликовано: admin (9-03-2017, 18:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 38) ( 0) ( 36) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют