» » Toshkent metrosining pensionerlar sabab yo‘qotgan daromadlari O‘zbekiston budjeti hisobidan qoplanadi

Toshkent metrosining pensionerlar sabab yo‘qotgan daromadlari O‘zbekiston budjeti hisobidan qoplanadi


Toshkent metropolitenning pensionerlar sabab yo‘qotgan daromadlari O‘zbekiston budjeti hisobidan qoplanadi. Bu haqda, “Gazeta.uz” xabariga ko‘ra, 9-mart, payshanba kuni Toshkent shahar hokimligi bo‘lib o‘tgan brifingda ma’lum qilindi.

Avval xabar qilinganidek, 15-martdan boshlab pensionerlar 10:00—16:00 oralig‘ida Toshkent metropolitenidan bepul foydalanishlari mumkin. Qayd etishlaricha, O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasi shu haqdagi qarorni 9-mart kuni qabul qilgan. Shu kunning o‘zida Toshkent shahar hokimi ham tegishli qarorni imzolagan.

Mavzuga doir: Pensionerlar uchun Toshkent metrosida yurish 10:00 dan 16:00 gacha bepul bo‘ldi

Metropoliten boshlig‘i Oybek Xudoyqulovning jurnalistlarga xabar berishicha, bepul yurish huquqidan foydalanish uchun pensionerlarning metropoliten operatoriga pensiya guvohnomasini ko‘rsatishi kifoya qiladi. Operator pensionerga maxsus (odatiylaridan farq qiluvchi) bir martalik jetonni taqdim etadi.

Bunday jetondan foydalanish uchun maxsus turniket ajratilgan. Pensionerlar uchun belgilangan vaqt oralig‘ida metropoliten xizmatidan foydalanishda cheklovlar yo‘q, biroq har safar alohida jeton olinadi. Qaror nafaqat Toshkent shahridagi, balki O‘zbekistonning barcha pensionerlari uchun tatbiq etiladi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (9-03-2017, 18:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 35) ( 0) ( 34) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют