» » Shahar yo‘lovchilar transportida bepul yurish chiptasi 1 kun ichida beriladi

Shahar yo‘lovchilar transportida bepul yurish chiptasi 1 kun ichida beriladi


O‘zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi boshlig‘ining buyrug‘i bilan shahar yo‘lovchilar transportida (taksidan tashqari) ayrim toifadagi fuqarolarga bepul yurish huquqini beruvchi yagona guvohnomalarni berish tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi. Bu haqda Norma xabar bermoqda.

Belgilanishicha, shahar yo‘lovchilar transportida (taksidan tashqari) ayrim toifadagi fuqarolarga bepul yurish huquqini beruvchi guvohnoma shahar yo‘lovchi transportini boshqarish organi tomonidan zarur hujjatlar taqdim etilgandan keyin bir ish kuni ichida beriladi.

Shuningdek, hujjat shahar yo‘lovchi transportini boshqarish organi, Pensiya jamg‘armasining tuman (shahar) bo‘limi va Mudofaa vazirligining hududiy organi tomonidan shahar yo‘lovchilar transportida bepul yurish huquqiga ega bo‘lgan shaxslar ro‘yxati bo‘yicha o‘zaro ma’lumotlar taqdim etish shakli bilan to‘ldirildi.

Hujjat davlat tilida qabul qilingan va 2017-yil 20-fevralda kuchga kirdi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (22-02-2017, 11:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 89) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют