» » Toshkentga kamida 5000—6000 dona to‘lov terminali kerak

Toshkentga kamida 5000—6000 dona to‘lov terminali kerak


Toshkent Davlat soliq boshqarmasi mutaxassislari tomonidan chakana savdo va pulli xizmatlar ko‘rsatish obyektlarida inventarizatsiyadan o‘tkazish ishlari amalga oshirilgan to‘rt kun ichida 1700 ga yaqin terminal yetishmasligi aniqlandi.

Bu haqda Toshkent shahar hokimligida bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida shahar davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i Muzaffar Pardayev ma’lum qildi, deya xabar bermoqda “Gazeta.uz”.

O‘n kunlik inventarizatsiya O‘zbekiston Prezidenti tomonidan 15-fevral kuni qabul qilingan pul bilan bog‘liq munosabatlarni takomillashtirish va plastik kartochkalardan foydalangan holda hisob-kitoblarni rivojlantirish to‘g‘risidagi qarori ijrosi yuzasidan o‘tkazilmoqda.

Bugun — inventarizatsiyaning to‘rtinchi kuni. O‘ylashimcha, tekshiruvlar so‘ngiga qadar eng kamida 5000—6000 terminal yetishmasligi aniqlanadi.

Muzaffar Pardayev, Toshkent shahar DSB boshlig‘i

Mavzuga doir: Tadbirkor 1-martgacha bankdan terminal olishga ulgurmasa nima bo‘ladi?

Muzaffar Pardayev to‘lov shakliga qarab narxlarning sun’iy ravishda oshirilishi yoki tushishiga fuqarolarning murojaatlari asosida kurash olib borilishini ma’lum qildi.

Rejadan tashqari tekshiruvlarni o‘tkazishda nazorat xarid usulidan foydalanish rejalashtirilgan.

Mavzuga doir: To‘lovni plastik kartochkadan qabul qilishni rad etgan tadbirkor qariyb 15 mln so‘m jarimaga tortilishi mumkin

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (21-02-2017, 23:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 66) ( 0) ( 64) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют