» » Davlat soliq qo‘mitasi: Terminal talabi dehqon bozorlaridagi sotuvchilarga taalluqli emas

Davlat soliq qo‘mitasi: Terminal talabi dehqon bozorlaridagi sotuvchilarga taalluqli emas


O‘zbekistonda 1-martdan boshlab chakana savdo va pulli xizmat ko‘rsatish sohasida terminalsiz faoliyat yuritish Prezident qarori bilan taqiqlandi, biroq bu taqiq dehqon bozorlaridagi sotuvchilarga taalluqli emas.

“Novosti Uzbekistana” nashrining Davlat soliq qo‘mitasi matbuot xizmatiga asoslanib xabar berishicha, O‘zbekiston Prezidentning 15-fevraldagi qarori faqat ko‘chmas savdo nuqtalariga daxldor bo‘lib, dehqon bozorlaridagi sotuvchilar 1-martdan keyin ham terminalsiz faoliyat yuritishi mumkin.

Dehqon bozorlari — bu savdo qatorlaridir. Prezident tomonidan imzolangan hujjat esa faqat ko‘chmas savdo nuqtalari — oziq-ovqat va buyum do‘konlari, jumladan, bozorlardagi do‘konlar, savdo shoxobchalari, bekatlardagi Paynet shoxobchalari, qahvaxonalar, sartaroshxonalar va hokazolarga taalluqlidir.

Muzaffar Nazarov, Davlat soliq qo‘mitasi matbuot kotibi

Mavzuga doir: O‘zbekistonda terminalsiz savdo qilish taqiqlandi. Taqiq 1-martdan kuchga kiradi

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (16-02-2017, 23:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 116) ( 0) ( 115) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют